Yangiliklar

20 Fevral 2026

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti boshligʻining oʻrinbosari hamda mazkur xizmatning masʼul rahbar xodimlari tomonidan Andijon viloyati Qoʻriqlash xizmati shaxsiy tarkibi ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya etish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi

Yigʻilish davomida xodimlar tomonidan xizmat vazifalarini ado etish jarayonida yoʻl qoʻyilayotgan ayrim kamchiliklar atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. Xususan, xizmat intizomiga rioya qilish, xizmatga oʻz vaqtida kelish, belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish, fuqarolar bilan muomala madaniyatini yanada oshirish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, xodimlar oʻrtasida turli koʻngilsiz holatlar, intizomiy qoidabuzarliklar va xizmat shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakatlarning oldini olish boʻyicha profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi. Har bir xodim oʻzining xizmat burchi va masʼuliyatini chuqur anglashi, qonun ustuvorligini taʼminlashda shaxsiy namuna koʻrsatishi lozimligi qayd etildi.

Yigʻilish yakunida rahbariyat tomonidan xizmat samaradorligini oshirish, intizomni mustahkamlash va shaxsiy tarkib oʻrtasida sogʻlom maʼnaviy-ruhiy muhitni taʼminlash boʻyicha tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi. Barcha xodimlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarish, xizmat faoliyatida masʼuliyat va fidoyilikni yanada kuchaytirish zarurligi alohida taʼkidlandi.