Yangiliklar

10 Avgust 2025

Qoʻriqlash boʻlinmalarida kadrlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish boʻyicha kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Qoʻriqlash boʻlinmalarida kadrlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, boʻsh lavozimlarni istiqbolli kadrlar bilan toʻldirish mexanizmini takomillashtirish, tizimda xizmat va ijro intizomini mustahkamlash hamda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, xodimlar va ularning oila aʼzolarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan kadrlar bilan ishlash yoʻnalishining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Qoʻriqlash Departamenti rahbariyati, hududiy boʻlinmalar rahbarlarining kadrlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosarlar va yoʻnalishlar boʻyicha boshqaruv apparatining boshqarma va mustaqil boʻlimlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbir boshida Qoʻriqlash Departamenti rahbariyati tomonidan kadrlar bilan ishlash yoʻnalishida oʻtdan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Rahbarlar tomonidan xodimlarni xizmatga qabul qilishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish mexanizmlari, boʻsh lavozimlarni istiqbolli kadrlar bilan toʻldirish mexanizmlarini takomillashtirish, xizmat va ijro intizomini mustahkamlash hamda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, xodimlar va ularning oila aʼzolarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash hamda xizmat faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratish masalalari koʻrib chiqildi.
Tadbirda sohadagi islohotlarni amalga oshirishda kadrlar salohiyatini oshirish, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni joriy etish hamda xodimlarning kasbiy malakasini muntazam ravishda rivojlantirish muhim omil ekani taʼkidlandi.

Yigʻilish yakunida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali ijrosini taʼminlash boʻyicha masʼul rahbar va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.