Yangiliklar

13 May 2024

AMALIY MASHGʻULOTLARDA SHAXSIY TARKIB BILAN ISHLASH KOʻNIKMALARI MUSTAHKAMLANDI

Boshqaruv jarayonida rahbar va xodimlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaxshilash va ular orasida iliq munosabatlarni shakllantirish maqsadida Samarqand, Navoiy hamda Jizzax viloyatlar "Qoʻriqlash" boshqarmalari shaxsiy tarkiblari ishtirokida psixologik uchrashuvlar va treninglar tashkil etildi.
Uchrashuv va Treninglarda asosiy eʼtibor rahbar va xodimlar oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, xodimlarga vazifalar berish vaqtida muomala madaniyati va qatʼiy ishonch asosida buyruqlarni toʻgʻri hamda aniq berish, ularning ijrosini tekshirishda ahamiyat qaratish kerak boʻlgan jihatlarga qaratildi. “Agarda men rahbar boʻlsam”, “Rahbarlik mezonlari” deb nomlangan amaliy mashgʻulotlar davomida shaxsiy tarkib bilan ishlash koʻnikmalari, ularning nafaqat xizmat samaradorligini oshirish balki ularning oilaviy munosabatlarini ham oʻrganish xodimlar bilan yaqin munosabatlarga kirishishning muhim vositasini boʻlishi mumkinligi ham eʼtirof etildi.
Shuningdek, oilada va jamiyatda ijtimoiy munosabatlarga kirishish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan psixologik muammolarning shakllari va bu muammolarni korreksiya qilish usullari hamda uslublari tushuntirildi.
Bu kabi psixologik treninglardan koʻzlangan asosiy maqsad – xodimlarning xizmat oʻtashlarini sifatli va samarali taʼminlash, qolaversa, ijtimoiy munosabatlarga kirishish jarayonida kuzatiladigan stress va depressiya holatlarini oldini olishdan iborat.