Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi tinglovchilari uchun “Rahbarning boshqaruv madaniyati”, “Rahbar psixologiyasi” mavzularida psixologik trening mashgʻuloti tashkil etildi.
Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi tinglovchilari uchun “Rahbarning boshqaruv madaniyati”, “Rahbar psixologiyasi” mavzularida psixologik trening mashgʻuloti tashkil etildi.
Trening davomida rahbarlik lavozimlarida ishlayotgan xodimlarni boshqaruvchanlik va tashkilotchilik qobiliyatlari, jamoalarning maʼnaviy-ruhiy muhiti ahvolini oʻrganish borasida ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, treningda rahbarlarning yuqori tashkilotchilik va ishchanlik qobiliyati, dunyoqarashi, maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, gʻurur, iftixor, kasbiga sadoqat va yuqori masʼuliyat hislarini oshirish bilan bogʻliq psixologik maslahatlar berib oʻtildi. Bundan tashqari kasbiy, maishiy stress (zoʻriqish), depressiya va boshqa salbiy ruhiy holatlarni oldini olish boʻyicha psixologik tavsiyalar berildi.
Psixologik treningda qoʻl ostidagi xodimning xizmatga moslashish jarayoni, psixologik qoʻllab-quvvatlanishi, psixokonsultativ suhbatlarning amaldagi toʻgʻri tashkillashtirilishi boʻyicha amaliy mashqlari yuzasidan koʻnikma hosil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar yuzasidan tavsiyalar berildi.