Buxoro viloyatida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan Buxoro davlat universiteti talabalarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida "Qoʻriqlash" boshqarmasiga tashrif tashkil etildi.
Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda Harbiy prokuraturasi hamda hamkorligida harbiy xizmatchi va xodimlar, shuningdek, ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini oʻrganish va hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Filarmoniyasi Xorazm viloyati boʻlinmasi tomonidan Xorazm viloyatida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar, davlat xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun bayramona konsert dasturi tashkil etildi. Unda Milliy gvardiya Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari va ularning oila aʼzolari xam ishtirok etishdi. Konsertning asosiy maqsadi — Vatanimiz va fuqarolarimiz xavfsizligi taʼminlashdek sharafli vazifani bajarayotgan xodimlar hamda ularning oila aʼzolarini madaniy xordiq olishlarini taʼminlashdan iborat.
Fargʻona viloyati boʻyicha Milliy gvardiya hamda Bojxona boshqarmalari xodimlari, shuningdek, boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish” yoʻnalishida tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazildi.
Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida “Xodima ayollar oʻrtasida xizmat intizomiga rioya qilishdagi dolzarb masalalar, muammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Ertangi kunimiz egalari boʻlmish yoshlarni vatanparvarlik, yurtga sadoqat va hurmat ruhida tarbiyalash, vatanni himoya qilish har bir yigit-qizning muqaddas burchi ekanligini anglatish, harbiylik naqadar sharafli va mashaqqatli kasb ekanligini his ettirish maqsadida Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasida navbatdagi ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi.
Jamoat xavfsizligi va obyektlar ishonchli qoʻriqlovini taʼminlashning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, bu borada "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi xodimlarini kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash ishlariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ayni shu maqsadda Milliy gvardiyaning mintaqaviy oʻquv markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bugungi kunda markazlarda Milliy gvardiya saflariga yangidan qabul qilingan xodimlar oʻqitilmoqda.
Ushbu tashabbus Milliy gvardiya Xorazm viloyati “Qoʻriqlash” boshqarmasi tomonidan amalga oshirildi va yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, shuningdek, ularga jahon va oʻzbek tasviriy sanʼatidagi noyob asarlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratish maqsadida oʻtkazildi.