Yangiliklar

9 Dekabr 2025

Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi polkovnik O.Amirov Jizzax shahar Qoʻriqlash boʻlimiga tashrif buyurib, ertalabki yoʻriqnoma oʻtkazdi

Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi polkovnik O.Amirov Jizzax shahar Qoʻriqlash boʻlimiga tashrif buyurib, ertalabki yoʻriqnoma oʻtkazdi. Tadbir avvalida shaxsiy tarkibni meʼyoriy hujjatlarning dolzarb talablari bilan tanishtirib, xizmatni tashkil etish boʻyicha asosiy vazifalarni belgilab berdi. Shundan soʻng saf koʻrigi oʻtkazilib, xodimlarning tashqi koʻrinishi va kiyim-kechaklari baholandi.

Nazariy qismdan soʻng polkovnik qoʻriqlanayotgan obyektlardagi ishlarni shaxsan oʻzi tekshirdi: postlarning joylashuvini tahlil qildi, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlarni baholadi. Koʻrik yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishning aniq muddatlari va qoʻriqlash samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar bilan masʼul shaxslarga topshiriqlar berildi.