Sirdaryo viloyatida Qoʻriqlash faoliyatini samarali tashkil etish, tezkor harakatlanuvchi guruhlarning natijadorligini oshirish, qoʻriqdagi obyektlarning ishonchli himoyasini taʼminlash tizimini takomillashtirish maqsadida Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Jumladan, oʻtkazilgan oʻrganish ishlari davomida qoʻriqlanadigan obyektlarda shaxsiy tarkib tomonidan xizmat intizomiga rioya qilish, xodimlarning kasbiy tayyorgarligini baholash va ularning lavozim majburiyatlarini bajarish sifatiga alohida eʼtibor qaratdilar.
Mavjud muammolar va ularni bartaraf etish mexanizmlari, kirib-chiqish rejimini tashkil etishda raqamli texnologiyalarni joriy etishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.
Shuningdek, tezkor harakatlanuvchi guruhlarning faoliyat samaradorligini oshirish, ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlarini tashkil etish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi.