ZAMONAVIY QIYOFA KASB ETGAN TUMAN "QO‘RIQLASH" BO‘LIMI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Mol-mulklar daxlsizligi ishonchli ta’minlovchi eng asosiy manbalardan biri – shaxsiy tarkib uchun yaratilgan munosib mehnat sharoitlaridir. Zamonaviy qiyofa kasb etgan Qashqadaryo viloyat Kasbi tuman "Qo‘riqlash" bo‘limida ham xodimlar xizmatni a’lo darajada olib borish uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Jumladan, mutlaqoq yangidan qurib qisqa fursat ichida foydalanishga topshirilgan ma’muriy binoning tantanali ochilish marosimida "Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi mas’ullari, tuman hokimligi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
"Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Bo‘ronov Zafar Istamovich so‘zga chiqib, yaratilgan sharoitlarni e’tirof etdi. Xodimlarga yanada shijoat bilan xizmat olib borishlari lozimligini tushuntirdilar. Shuningdek, Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan tizimda olib borilayotgan, shaxsiy tarkib uchun yaratilayotgan imtiyozlar, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi.
Zamonaviy talablar asosida qad rostlagan ushbu binoda shinam xizmat xonalari, barcha sport turlari uchun ixtisoslashgan trenajyorlar bilan jihozlangan sportzal, kutubxona, madaniy hordiq olish uchun dam olish xonalari, shaxsiy tarkibning psixoemotsional holatlarini o‘rganish uchun psixolog xonasi ham o‘rin olgan bo‘lib. Bir so‘z bilan aytganda ofitserlar, serjantlar hamda safdorlar tarkibida faoliyat olib borayotgan tinchlik posbonlari uchun munosib tuhfa bo‘ldi deyish mumkin.