Yangiliklar

19 Aprel 2025

Nazariy bilimlarni mustahkamlash – samarali amaliyot asosi

Xodimlarning huquqiy bilim va koʻnikmalarini oshirish, mehnat munosabatlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni oldini olish, hamda ularni toʻgʻri va samarali hal etishga qaratilgan tadbirlar bugungi kunda juda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shu maqsadda, Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tashabbusi bilan videoselektor tarzida shahar va tuman qoʻriqlash boʻlimlari xodimlari ishtirokida “Xodim huquqlari va majburiyatlari: huquqiy yondashuvlar” mavzusida profilaktik oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Urganch tumanlararo iqtisodiy sudi raisi maʼruzachi sifatida ishtirok etib, amaldagi qonunchilik asosida xodimlarning huquq va majburiyatlari, mehnat munosabatlaridagi huquqiy yondashuvlar, ish joyidagi huquqiy madaniyat va ichki tartib-qoidalarga rioya etishning ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berdi.
Oʻquv mashgʻuloti davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olish imkoniga ega boʻlishdi. Bunday tadbirlar xodimlarning huquqiy ongini oshirish, ularni bilimli va masʼuliyatli kadr sifatida shakllantirishda muhim oʻrin tutadi.