Yangiliklar

13 Iyun 2023

YANGI O‘ZBEKISTON KONSTITUSIYASI – INSON HUQUQLARINING KAFOLATI

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasida Farg‘ona harbiy prokuraturasi mas’ullari ishtirokida tizimda xizmat qilayotgan xodimlar bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida “Yangi O‘zbekiston Konstitusiyasi – inson huquqlarining kafolati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yangi Konstitusiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, ahamiyati xususida ma’ruzalar qilindi.

Shuningdek, qo‘riqlash saflarida xizmat qilayotgan xodimlarning xizmat intizomini yanada mustahkamlash, ular orasida huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish va ularning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha tashkil etilish lozim bo‘lgan tadbirlar muhokama qilindi.

Shaxsiy tarkib orasidagi muammolarni o‘rganish, ularni erta aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida mas’ullarga zaruriy ko‘rsatmalar ham berildi.

Bundan tashqari, boshqarma yuridik ta’minlash va murojaatlar bilan ishlash guruhi bosh yuriskonsulti tomonidan yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar. kiritish haqida"gi qonuning mazmun-mohiyati, tegishli tartibda yetkazib o‘tildi.

Xodimlar tomonidan huquqbuzarlikka oid ishlarni ko‘rib chiqib jarima tariqasidagi jazo belgilash tartiblari haqida batafsil tushunchalar berildi.