Yangiliklar

2 Oktyabr 2025

XXI-asr texnika asri. Shunday ekan texnika vositalariga boʻlgan talab yil sayin ortib bormoqda. Odamlar ehtiyojini qondirishda esa avtotransport vositalari alohida oʻrin tutadi. Transport vositalaridan toʻgʻri, maqsadli va xavfsiz foydalanish esa har bar haydovchining bilim va koʻnikmalariga bogʻliq.

XXI-asr texnika asri. Shunday ekan texnika vositalariga boʻlgan talab yil sayin ortib bormoqda. Odamlar ehtiyojini qondirishda esa avtotransport vositalari alohida oʻrin tutadi. Transport vositalaridan toʻgʻri, maqsadli va xavfsiz foydalanish esa har bar haydovchining bilim va koʻnikmalariga bogʻliq.

Yoʻl-transport hodisalarini oldini olish maqsadida Samarqand viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan viloyat boʻylab, korxona, tashkilot va muassasalar hamda aholi orasida tushuntirish va targʻibot ishlari olib borilmoqda. Shunday boʻlsada, hududlarda ming afsuski avtotransport bilan bogʻliq qator hodisalar qayd etilmoqda.

Sir emaski, avtotransport vositalari ishtirokida sodir etilgan avtohalokatlar natijasida koʻplab insonlar jabrdiyda va nogiron boʻlib qolishi, hattoki oʻlim holatlari ham qayd etilmoqda. Natijada bir, yoki bir necha oilalar otasi, yoki onasidan, ayanchlisi farzandidan ajralishi, yaqinlarining bir umr azob uqubat chekishiga sabab boʻlmoqda desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Samarqand viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida oʻtkazilgan navbatdagi tadbir davomida mutaxassislar xodimlarning transport vositalarini boshqarishda yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etishi, va yangi joriy etilgan qoidalar hamda sohaga doir yangiliklar bilan tanishtirib oʻtdi.

Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari avtoulovni boshqarayotganda engidagi libosdan kuch olib, havolanmasdan, aksincha yoʻl harakati qoidalariga amal qilishi, yoʻllarda harakatlanish madaniyati, yon, old va orqa tomondan harakatlanayotgan avtoulovlar hamda piyodalarga nisbatan hurmat bilan qarashi, va haydovchilik madaniyati borasida atrofdagilarga oʻrnak boʻlishi lozim ekanligini taʼkidlab oʻtildi.