Xodimlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtqazish maqsadida muzeyga ekskursiya tashkil etildi.
Qashqadaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi Qarshi shahar Qoʻriqlash boʻlimi xodimlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtqazish maqsadida Oʻlkashunoslik muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
Qashqadaryo viloyat oʻlkashunoslik muzeyi — madaniy-maʼrifiy muassasa. 1975 yilda Qarshi shahrida tashkil etilgan. Muzeyda tarix, xalq amaliy sanʼati, tabiat, xotira va qadriyat boʻlimlari bor. Muzey fondida 20 mingdan ziyod numizmatika, arxeologiya, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, tarixiy hujjatlar, nodir qoʻlyozmalar, kitoblar, maishiy va etnografiyaga oid eksponatlar mavjud.
Muzey ilmiy tekshirish ishlari olib boradi, fondini boyitadi, kitob, kataloglar nashr etadi; jumladan, Rimda fransuz tilida chop etilgan "Qarshi oʻlkashunoslik muzeyidagi sharq qoʻlyozmalari katalogi" (50 dan ortiq qoʻlyozmalar haqida maʼlumotlar bor) va boshqalar Mustaqillik yillaridan Qashqadaryo iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayoti sohasida qoʻlga kiritilgan yutuqlar, fan taraqqiyotini namoyon etuvchi eksponatlar bilan boyitilmoqda.
Shu bilan birga Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlarini oʻz tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda ajdodlar qoldirgan boy madaniy merosni asrab avaylash tuygʻularini shakllantirish maqsadida, Margʻilon shahar tarixi davlat muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.
Muzey ilmiy xodimlari shahar tarixi, bu maskanlarda yashagan mahalliy xalqlarning turmush tarzi haqida soʻzlab berishdi. Shundan soʻng, xodimlar muzeydagi osori-atiqalar bilan tanishtirildi. Muzeyda saqlanayotgan madaniy yodgorliklar bilan tanishgan xodimlar tarixning jonli koʻzgusiga guvoh boʻlishdi.