Yangiliklar

9 Aprel 2023

“XAVFSIZ XONADON” KONSEPSIYASI AMALDA

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat miqyosida jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulklarining ishonchli qo‘riqlovini ta’minlashda "Qo‘riqlash" xizmatining afzalliklari, zamonaviy qo‘riqlov uskunalari va jihozlari, qo‘riqlash turlari, tariflari hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan keng aholi va tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, kuni kecha Farg‘ona viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari hamda “Qo’riqlash servis” Davlat unitar korxonasi mutasaddilari bilan hamkorlikda Quvasoy shahrida yashovchi aholi va tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Dastlab, shaharning “Amir Temur” mahallasida yashovchi aholi hamda shaharning dehqon bozori hududi atrofidagi tadbirkorlik ob’yektlari rahbarlari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Tadbir mobaynida soha xodimlari tomonidan aholiga, mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olishda "Qo‘riqlash" xizmatining ahamiyati, xizmat turlari ta’riflari yuzasidan ma’lumotlar, shuningdek, aholini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan batafsil ma’lumot va tushunchalar berildi.

Yakunda o‘z xonadonini "Qo‘riqlash" xizmatiga topshirish istagini bildirgan fuqarolardan tegishli tartibda arizalar qabul qilindi.