MUROJAATLAR TINGLANDI
Xalq bilan muloqot muammolarni oʻrganish va tezkor hal etish muhim omillardan biridir.
Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonligi, Harbiy prokuratura, Mudofaa hamda Favqulodda vaziyatlar vazirliklari va boshqa idoralar masʼullari hamkorlikda Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.
Unda Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari va xodimlari, ularning oila aʼzolari, pensionerlar va yoshlarning muammolari va takliflari tinglandi. Sayyor qabulda kelib tushgan jami 40 ta murojaatdan 14 tasi joyida ijobiy hal etildi, 14 tasiga huquqiy tushunchalar berildi, 12 tasi esa nazoratga olindi.
Bu kabi ommaviy sayyor qabul Andijon viloyati Paxtaobod tumanida ham oʻtkazildi. Unda Milliy gvardiya va boshqa hamkor vazirliklar tizimlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oilalari va fuqarolar ishtirok etib, murojaatlar mutaxassislar tomonidan qabul qilindi. Jarayonda kelib tushgan jami 16 ta murojaatlarning bir nechtasi joyida qanoatlantirilib, ijobiy hal etildi va 11 ta murojaatchilarga qonuniy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, koʻrib chiqish vaqt talab etadigan 3 ta murojaat tegishli mutasaddilarga yoʻnaltirilib, ijrosi nazoratga olindi.