Yangiliklar

18 Aprel 2025

OMMALASHIB BORAYOTGAN KIBERJINOYATLAR: XAVF VA HIMOYA CHORALARI

Bugungi raqamli davrda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi barobarida, kiberxavfsizlik masalalari ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, soʻnggi yillarda kiberjinoyatlar turlari keng ommalashib, jamiyat va fuqarolar xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda.
Shu munosabat bilan, Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Ommalashib borayotgan kiberjinoyatlar" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda axborot xavfsizligi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar vakillari ishtirok etdi.
Suhbat davomida ishtirokchilarga hozirgi kunda keng tarqalayotgan kiberjinoyatlar – fuqarolarning bank plastik kartalaridan mablagʻlarni noqonuniy yoʻl bilan yechib olish, virusli dastur va ilovalar orqali shaxsiy maʼlumotlarni qoʻlga kiritish kabi holatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, fuqarolar va xodimlar kiberxavfsizlikni taʼminlash uchun qanday oddiy, lekin samarali choralarni koʻrishlari mumkinligi boʻyicha amaliy tavsiyalar ham taqdim etildi. Tadbir soʻngida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olish imkoniga ega boʻlishdi.