Yangiliklar

19 Iyul 2025

"Xodimbay" tizimi asosida xizmat intizomi va ijtimoiy holat oʻrganilmoqda

Namangan hamda Fargʻona viloyatlari Qoʻriqlash boshqarmalari rahbarlari tomonidan xodimlar oʻrtasida xizmat intizomini mustahkamlash, ish samaradorligini oshirish hamda ularning ijtimoiy holatini har tomonlama oʻrganish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida masʼul rahbarlar hamda mahalla faollari ishtirokida xodimlarning yashash joylariga tashriflar uyushtirilib, ularning turmush sharoiti yaqindan oʻrganildi. Har bir xonadonda oila aʼzolari bilan ochiq va samimiy muloqotlar tashkil etilib, mavjud muammolar oʻrganildi.

Oʻrganish natijasida aniqlangan dolzarb masalalar yuzasidan mutasaddi idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ularni hal etish boʻyicha aniq mexanizmlar belgilab olindi.

Shuningdek, ushbu tashriflar davomida mahalla vakillari, faollar va jamoatchilik vakillari bilan ham uchrashuvlar oʻtkazildi. Muloqotlarda davlat tashkilotlari bilan mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, xodimlar manfaatlarini himoya qilish va ijtimoiy muhofazani kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.