Yangiliklar

4 Yanvar 2024

KITOBXONLIK KECHASI

Kitob – zamonlar toʻlqinida suzuvchi, oʻzidagi maʼnolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab yetkazuvchi tafakkur oʻchogʻidir. Shu bois soʻngi yillarda mamlakatimizda kitob mutolaasi va targʻiboti, kitoblar sonini emas, salmogʻini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Jumladan, Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi va "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Guliston tuman Ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilariga kitobxonlikni targʻib qilish, insoniyat hayotida kitobning tutgan oʻrni, adabiyot va zamon kitobxonlik madaniyati xususida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, tadbir davomida faxriylar va oʻquvchi yoshlar hamda harbiy xizmatchilar ishtirokida shaxmat-shashka musobaqasi oʻtkazildi.
Bundan tashqari, yoshlarning Milliy gvardiya faoliyati bilan tanishishlari uchun harbiy qism boʻylab sayohat tashkil etilib, anjom-aslahalar hamda harbiy texnikalar namoyishi boʻlib oʻtdi.