Yangiliklar

22 Iyul 2025

Sirdaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida davra suhbati tashkil etildi

Bugungi kunda yurtimizda maʼnaviy-axloqiy jihatdan yetuk, vatanparvar, sadoqatli va halol kadrlar zaxirasini shakllantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda turli sohalarda tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda, qonunchilikda ham muhim oʻzgarishlar kiritilmoqda.

Ana shunday saʼy-harakatlar doirasida Sirdaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida safdor-serjantlar tarkibiga harbiy-kasbiy saralash imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan bir guruh harbiylashtirilgan nazoratchilar hamda idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan Qoʻriqlash boʻlinmalariga sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolar va ularning ota-onalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda dastlab ishtirokchilarga mamlakatimizda qoʻriqlash sohasida olib borilayotgan islohotlar, xodimlar uchun yaratilayotgan qulay ish sharoitlari va imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, davra suhbatida ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash, xodimlar oʻrtasida intizom buzilishi, yoʻl-transport hodisalari, turli koʻngilsiz holatlar, taʼmagirlik holatlarini oldini olish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan ham ochiq muloqot oʻtkazildi.

Mazkur tadbir orqali fuqarolar va ularning yaqinlariga xizmat faoliyatida talab etiladigan meʼyoriy-huquqiy bilimlar, kasbga oid masʼuliyat va intizom tushunchalari yana bir bor tushuntirildi.