Yangiliklar

10 Sentyabr 2025

Sirdaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida navbatdagi uchrashuv oʻtkazildi

Sirdaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish va yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan intizom buzish holatlarini hamda jinoyatchiliklarning oldini olishga qaratilgan uchrashuv oʻtkazildi.

Unda Qoʻriqlash boshqarmasining tuman-shahar Qoʻriqlash boʻlimlarida xizmat qilayotgan xodimlarni videoselektor tarzida ishtiroki taʼminlandi. Tadbir davomida xodimlar xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishlari, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlishlari, ijrochilik intizomiga rioya qilishlari boʻyicha alohida toʻxtalib oʻtildi.

Bundan tashqari masʼullar tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar hamda normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Oʻtgan davr mobaynida tizimda ijrochilik va xizmat intizomi buzilish holatlari aniq misollar bilan keltirib oʻtildi va bular uchun javobgarlik asoslariga ham alohida toʻxtalib oʻtildi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan suhbat yakunida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.