Yangiliklar

11 Oktyabr 2024

Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida maktab oʻquvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" oʻtkazdi

Katta hayot ostonasida turgan yoshlar uchun harbiy sohaga qiziqishni oshirish va ularning kasb tanlash jarayonida toʻgʻri yoʻl koʻrsatish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda, Namangan shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari uchun Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni Vatanni himoya qilishdek sharafli va masʼuliyatli kasbning mohiyati bilan yaqindan tanishtirish va ularda harbiy sohaga boʻlgan qiziqishni oshirishdan iborat. Oʻquvchilar "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlarining kundalik faoliyatini kuzatib, ularning xizmat sharoitlari va oʻz kasbiy koʻnikmalarini oshirish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar.

Tadbir davomida oʻquvchilarga mutaxassis xodimlar tomonidan batafsil maʼlumotlar berildi va ularni qiziqtirgan savollarga toʻliq javoblar taqdim etildi. Bu kabi tadbirlar yoshlar uchun harbiy sohani yaqindan oʻrganish va kelajakda kasb tanlashda muhim turtki boʻladi. "Ochiq eshiklar kuni" yoshlarni harbiy xizmatning mazmun-mohiyatini toʻgʻri anglashlariga va Vatanga xizmat qilishdek sharafli yoʻlda ilhom olishlariga xizmat qiladi.