Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi, viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi masʼullari hamda Fargʻona shahar Narkologiya dispanseri mutaxassislari bilan hamkorlikda Qoʻriqlash xizmati xodimlari oʻrtasida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbir doirasida yoʻl harakati xavfsizligi mutaxassislari tomonidan yoʻl harakati qoidalariga yaqinda kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar, harakat davomida diqqat qaratilishi lozim boʻlgan asosiy jihatlar, yoʻl-transport hodisalariga olib keluvchi omillar va ularni bartaraf etish usullari keng muhokama qilindi.
Shu bilan birga, harakat ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida belgilangan tezlikka rioya qilish, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda transport boshqarmaslik, texnik nosozlikka ega vositalardan foydalanmaslik hamda hushyorlikni saqlash kabi muhim masalalarga urgʻu berildi. Shuningdek, yigʻilish qatnashchilari tomonidan bildirilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Oʻtkazilgan davra suhbati nafaqat ishtirokchilarning zamonaviy yoʻl harakati talablari haqidagi bilimlarini yangiladi, balki yoʻl harakati xavfsizligi masalalariga yanada masʼuliyatli munosabatni shakllantirishga yordam berdi. Bunday uchrashuvlar haydovchilik madaniyatini mustahkamlashga va baxtsiz hodisalar xavfini kamaytirishga yordam beradi.