Yangiliklar

15 Aprel 2025

Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida xodimlar ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida xodimlar ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar bugungi murakkab davrda internet ijtimoiy tarmoqlarida foydali maʼlumot bilan birga zararli axborot ham keng tarqalayotganligiga toʻxtalib oʻtildi. Ayniqsa, imon-eʼtiqodga raxna soluvchi, dinu diyonatga putur yetkazuvchi va insonni zalolatga boshlaydigan materiallar avj olayotganligini, ekstremistik oqimlarga kirib qolishini oldini olish va ularning ongiga buzgʻunchi qarashlarni singdirish holatlari quchayotganligi, bunday qaltis vaqtda yosh avlodda aqidaparast gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash va ularni gʻoyaviy xatarlardan ogoh etish dolzarb vazifa boʻlayotganligi, xalqimizni zamonaviy xatarlardan ogoh etishni lozim ekanligiga toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, tahdidlardan himoyalanish yoʻllari haqida soʻz yuritib, yoshlarda xabarlar mohiyatiga yetish malakasini hosil qilish, har qanday xabar ham toʻgʻri va xolis boʻlavermasligini tushuntirildi.
Davra suhbati yakunida esa kun tartibidagi masala yuzasidan xodimlar tomonidan berilgan savollar javob berildi.