Buxoro viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida amaliy oʻrganish ishlari olib borildi
Buxoro viloyati Qoʻriqlash boshqarmasining xizmat faoliyati, kadrlar bilan ishlash tizimi, xoʻjalik ishlari hamda ichki tartib-intizom holatini oʻrganish maqsadida maxsus ishchi guruh tomonidan keng qamrovli oʻrganish ishlari amalga oshirildi.
Oʻrganish jarayonida boshqarmada xizmat intizomi, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi, xizmat vazifalarining bajarilishi, jismoniy va maʼnaviy-ruhiy tayyorgarlik masalalari koʻrib chiqildi. Shuningdek, kadrlar bilan ishlash tizimi, oʻquv-tarif jarayonlari, xizmatchilarni ragʻbatlantirish va ularga yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganib chiqildi.
Bundan tashqari, xoʻjalik faoliyati, moddiy-texnika bazasining holati, mavjud resurslardan samarali foydalanish masalalari ham tahlil qilinib, aniqlangan kamchilik va muammolar boʻyicha tegishli tavsiya va amaliy yordamlar berildi.
Ishchi guruh tomonidan oʻrganish natijalari boʻyicha xizmat samaradorligini yanada oshirish, xodimlar faoliyatini takomillashtirish va xoʻjalik yuritishda shaffoflikni kuchaytirishga qaratilgan taklif va vazifalar belgilandi.