Yangiliklar

4 Iyun 2025

Aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida Qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻining navbatdagi ommaviy sayyor qabullar oʻtkazildi

Toshkent viloyatining Bekobod hamda Chirchiq shaharlarida mamlakatimizning olis hududlarida aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻining navbatdagi ommaviy sayyor qabullar oʻtkazildi.

Viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi, Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimi, Bandlikga koʻmaklashish markazi hamda hokimiyatlar bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan mazkur uchrashuvlar davomida xodimlar va ularning oila aʼzolarini, shuningdek fuqarolarni ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, mavjud muammolarni oʻrganish masalalariga alohida eʼtibor ajratildi.

Tadbirlar avvalida bugungi kunda xodimlar uchun yaratilgan qulayliklar, ijtimoiy himoyasi borasidagi olib borayotgan ishlar xususida mutasaddilar tomonidan aytib oʻtildi. Shundan soʻng, har bir xodim va oila aʼzolarining fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.

Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan saflarda xizmat qilayotgan safdor xodimlarni farzandlarini yozgi oromgohlarda imtiyozli dam olish tartibi boʻyicha, shuningdek xodimlarning ishsiz oila aʼzolarini ishga joylashishi, imtiyozli kredit olishi hamda boshqa ijtimoiy masalalar koʻrib chiqildi.

Barcha kelib tushgan savollar hamda murojaatlar mutasaddilarga yoʻnaltirilib, ularga yechim topish boʻyicha zaruriy koʻrsatmalar berildi.