Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining hududiy boʻlinmalarida xizmat intizomi va huquq-tartibotni mustahkamlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda shaxsiy tarkibni hayotini va sogʻligini asrashga yoʻnaltirilgan ishlar samaradorligini oshirish, muntazam nazorat qilib borish maqsadida Toshkent mintaqaviy oʻquv markazida davra suhbati oʻtkazildi.

“Yoshlar va ayollar orasida radikallashuvning oldini olish masalalari” mavzusida oʻtkazilgan ushbu davra suhbati davomida davr mobaynida xodimlar tomonidan qayd etilgan qoidabuzarlik holatlari tahlil qilinib, ularning sabablari va kelgusida bunday holatlarning oldini olish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Xodimlarga xizmat intizomi, ichki tartib-qoidalarga qatʼiy rioya qilish, xizmat davomida oʻzini namunaviy tutish, qonunchilik talablariga toʻliq amal qilish zarurligi yana bir bor eslatib oʻtildi.
Shu bilan birga soʻzga chiqqanlar tomonidan yurtimizda yoshlar va ayollar oʻrtasida radikallashuvning oldini olish – dolzarb vazifalardan biri ekanligi, bu muammoning ildizlarini chuqur anglash va unga qarshi samarali choralar koʻrish jamiyatimiz kelajagi uchun muhimligi taʼkidlandi.