Yangiliklar

1 Dekabr 2025

1 dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Biz OITSga qarshimiz” shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi

1 dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Samarqand shahar Qoʻriqlash boʻlimida “Biz OITSga qarshimiz” shiori ostida uchrashuv oʻtkazildi. Qoʻriqlash boʻlimi masʼullari va shaxsiy tarkib ishtirok etgan davra suhbatida soʻz olganlar, bugun dunyo ahlini tashvishga solib kelayotgan asr vabosi yaʼni, OITS kasalligini yuqtirib olayotgan shaxslarning aksariyati spirtli ichimlik va giyohvandlik va nosogʻlom turmush tarzi natijasida yuqtirib olayotganligi, inson salomatligi va kelajagiga tahdid soluvchi salbiy oqibatlar har qanday inson hayotining izdan chiqib, taqdiri ayanchli boʻlishi, turli kasalliklarga jumladan OITS kasalligiga chalinishi va hayotdan bevaqt koʻz yumish kabi qismatli oqibatlarga olib kelishi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Xaqiqatdan ham bu kabi salbiy illatlar, qanchadan-qancha oilalarni parokanda boʻlishi, minglab begunoh goʻdaklarning azob-uqubatda qolishi va bir necha insonlarni bevaqt hayotdan koʻz yumishiga olib kelmoqda. Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari tadbir davomida yigʻilganlarga OITS kasalligini yuqtirib olmaslik uchun nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi xususida batafsil maʼlumot berdi.

Darhaqiqat, inson hayotga bir marotaba keladi, shunday ekan har bir shaxs sogʻlom turmush tarziga amal qilib, oilasi va jamiyat uchun foydali mehnat bilan band boʻlib, salbiy illatlardan yiroq boʻlsa, shunda sogʻlom va baxtli hayot kechiradi. Toʻgʻri yoʻlni tanlash esa har bir insonning oʻziga bogʻliq.