A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Vatan – faxrim, iftixorim!” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbir "Bir kitob - bir hayot" aksiyasi doirasida oʻtkazilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligiga bagʻishlandi
A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Vatan – faxrim, iftixorim!” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbir "Bir kitob - bir hayot" aksiyasi doirasida oʻtkazilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligiga bagʻishlandi.
Muhokamada Samarqand viloyati Qoʻriqlash hamda Ichki ishlar boshqarmalari xodimlari hamda axborot-kutubxona markazi mutaxassislari faol ishtirok etdi. Ishtirokchilar Vatanga muhabbat mavzusida qiziqarli munozara oʻtkazdilar.
Tadbir mavzusi har bir fuqaroning oʻz mamlakatiga nisbatan chuqur vatanparvarlik, gʻurur va iftixor tuygʻularini aks ettiradi. Muhokama milliy qadriyatlar va madaniy merosni asrab-avaylash va himoya qilishning ahamiyatini anglashga qaratildi.
Uchrashuvda atoqli vatandoshlarimizning davlat taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi haqida maʼruzalar tinglandi, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari va har bir fuqaroning mamlakat mustaqilligini mustahkamlashdagi oʻrni muhokama qilindi. Ishtirokchilar zamonaviy tahdidlar va ularni bartaraf etish yoʻllari haqida fikr almashdilar, xalq birdamligi va milliy anʼanalarga sodiqlik muhimligini taʼkidladilar. Tadbir yakunida viloyatda vatanparvarlik harakatini yanada rivojlantirish boʻyicha qaror qabul qilindi.