Yangiliklar

18 May 2024

SAMARQAND VILOYATIDA "QOʻRIQLASH" BOSHQARMASI BOSHLIGʻI KUBOGI MUSOBAQASI OʻTKAZILDI

Sportning kamondan otish turi boʻyicha yoshlar oʻrtasida Samarqand shahridagi Avtomobilsozlik kolleji oʻyingohida, Milliy gvardiya Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Kamondan otish federatsiyasining Samarqand viloyati boʻlimi hamda Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi bilan hamkorlikda, sportning kamondan otish turi boʻyicha "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshligʻi kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
Musobaqasining tantanali ochilish marosimidan soʻng merganlik bahslariga start berildi. Qizgʻin kurashlarga boy tarzda oʻtgan musobaqada, viloyatning shahar va tumanlardan tashrif buyurgan sportchi yoshlar gʻoliblik sari 15 metr masofaga qarata nishonga oʻq otib gʻoliblik uchun murosasiz kurashlar olib bordi.
Musobaqa yakunlariga koʻra,
– yigitlar oʻrtasida 1 oʻrin Ergashev Suxrob, 2 oʻrin Gʻulomov Shohjahon, 3 oʻrin Abduazizov Jasur,
– qizlar oʻrtasida 1 oʻrin Shaxobiddinova Malika, 2 oʻrin Latipova Shahina, 3 oʻrinni Nurmurodova Soliha,
– jamoaviy bahslarda 1 oʻrin Ishtixon tumani, 2 oʻrin Samarqand shahar, 3 oʻrin Narpay tumani jamoasiga nasib etdi.
Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.