Yangiliklar

21 Fevral 2026

Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha shahar va tumanlaridagi davlat va xoʻjalik boshqaruvidagi obyektlarida, taʼlim muassasalari va boshqa idoralarda xizmat olib borayotgan qorovullar uchun oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha shahar va tumanlaridagi davlat va xoʻjalik boshqaruvidagi obyektlarida, taʼlim muassasalari bilan boshqa idoralarda xizmat olib borayotgan ijtimoiy soha obyektlarining idoraviy qorovullarining huquqiy bilim va koʻnikmalarini oshirish, nazariy va amaliy bilimlarini yanada mustahkamlash, favqulodda holatlarda maxsus tayyorgarlik darajasini oshirish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.

Mazkur oʻquv mashgʻulotlar jarayonida obyektlarning ishonchli qoʻriqlanishini taʼminlash, favqulodda holatlarda bajarilishi lozim boʻlgan zaruriy koʻnikmalarga tayyorlash, shuningdek, xizmat mobaynida obyekt xavfsizligi va Qoʻriqlash xizmatini tashkil etish, favqulodda vaziyatlarda harakatlanish va birinchi tibbiy yordamlar koʻrsatishning tartiblari toʻgʻrisida soha mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berib oʻtildi. Shu bilan birga Nukus shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan obyektlarda yongʻin xavfsizligini saqlash, yashash xonadonlarda isitish uskunalaridan notoʻgʻri foydalanishi sababli yongʻin kelib chiqishi va uning oldini olish uchun tegishli choralarni oʻz vaqtida qoʻrishi kerakligi toʻgʻrisida ishtirokchilarga tegishli maʼlumotlar berib oʻtildi. Shuningdek, soʻngi vaqtlarda ayrim hududlarda fuqarolarning befarqligi tufayli sodir etilayotgan yongʻin holatlari natijasida koʻplab insonlarning hayotdan koʻz yumib ketayotganligi toʻgʻrisida tayyorlangan videoroliklar qoʻyib berildi.

Mazkur tadbirda Qoʻriqlash xizmatining tibbiyot boʻlimining shifokorlari tomonidan obyektlarda har qanday favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda birinchi tibbiy yordamlar koʻrsatilishi zarurligi hamda inson salomatligi uchun qoʻllash zarur boʻlgan usullardan toʻgʻri foydalanish kerakligi alohida tushuntirilib oʻtildi. Qoʻriqlash xizmatining texnik qoʻriqlash markazining masʼul xodimlari tomonidan qoʻriqlovga olingan obyektlarning xavfsizligini taʼminlash, zamonaviy qoʻriqlash xizmati signalizatsiya uskunalari orqali obyektlarda qoʻriqlash xizmatini tashkil etishning tartibi va xizmatlari, shu bilan birga Texnik qoʻriqlash monitoring markazi faoliyati haqida maʼlumotlar berib oʻtildi.