Mintaqaviy oʻquv markazlarida bitiruvchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish marosimlari boʻlib oʻtdi
Kuni kecha Milliy gvardiya Mintaqaviy oʻquv markazlarida boshlangʻich tayyorlash oʻquv rejasi va dasturi asosida "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi safdorlar tarkibida xizmat qilayotgan xodimlar harbiy qasamyodga keltirildi. Shuningdek, navbatdagi boshlangʻich tayyorlash oʻquv rejasi va dasturi asosida Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" xizmati harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari xodimlari oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, ularga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi. Taʼkidlash joizki, mazkur oʻquv yigʻinlarida xodimlar mutaxassislik va huquqiy bilim asoslari, oʻq otish tayyorgarligi va jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlarini toʻliq oʻzlashtirib, oʻzlarining kasbiy tayyorgarlik yoʻnalishlaridagi bilim va koʻnikmalarini mustahkamladilar.
Shuningdek, oʻquv yigʻinlari davomida ӯqish va jamoat ishlarida faol ishtiroki hamda tengdoshlariga oʻrnak koʻrsatgan tinglovchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Tadbirlarda Milliy gvardiya Mintaqaviy ӯquv markazlari rahbariyati va masʼullari soʻzga chiqib, tinglovchilarga tarixiy, maʼnaviy va siyosiy nuqtayi nazardan katta ahamiyatga ega boʻlgan oriyatini, gʻurur va sadoqatini hamma narsadan ustun qoʻyadigan yigitlik shaʼni, or-nomusini oʻrtaga qoʻyib, oʻz zimmasidagi masʼuliyatli va sharafli vazifani ado etishga bel bogʻlab ahdu paymon qilish marosimi ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
Oʻsib kelayotgan yosh avlodni Vatanga sadoqat va vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirish maqsadida ushbu marosimlarga otaliqqa biriktirilgan yoshlarning tashrifi tashkil etilib, oʻgʻil-qizlar Milliy gvardiya tizimi va oʻquv markazlari haqida kerakli maʼlumotlarga ega boʻldilar.