Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazida Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tadbir
Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi doimiy shaxsiy tarkibi orasida "Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatdamiz" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti QR boshqarmasi boʻlim boshligʻi adliya katta maslahatchisi R.K.Sadikov ishtirok etib, globallashuv sharoitida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va poraxoʻrlikning oldini olish va unga qarshi kurashishning zamonaviy usullari haqida batafsil maʼlumot berdi. Shuningdek, korrupsiya sxemalarini aniqlash va ularga chek qoʻyishning amaliy jihatlariga alohida eʼtibor qaratdi.
Tadbir ishtirokchilari korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha nafaqat nazariy bilimlarga, balki amaliy koʻnikmalarga ham ega boʻlishdi. Jonli muloqot shaklida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarni malakali mutaxassislarga berish va ularga toʻliq javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Tadbir xodimlarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga va ishtirokchilarda kasbiy faoliyatda korrupsiya koʻrinishlariga nisbatan qatʼiy qarshilikni shakllantirishga xizmat qildi.