Xodimlarga "Oʻzbekiston – 2030" strategiyasining mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida hududlarda seminar-treninglar oʻtkazilmoqda
Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari shaxsiy tarkiblarining huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida masʼul xodimlar, professor-oʻqituvchi hamda mutaxassislar tomonidan seminar mashgʻulotlar boʻlib oʻtmoqda.
Mazkur mashgʻulotlarda bugungi kunda qonunchilikdagi yangiliklar, Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari uchun belgilangan talablar xususida, shu bilan birga davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan "Oʻzbekiston – 2030" strategiyasida belgilangan vazifalar hamda ularning amaliy ijrosiga qaratilgan chora-tadbirlar boʻyicha maʼlumotlar yetkazilmoqda.
Bundan tashqari, tadbirlar davomida xodimlar bilan shukronalik, vatanparvarlik, muomala madaniyati, ishga sadoqat tuygʻularin yuksaltirish, xizmat intizomini mustahkamlash mavzulari yuzasidan davra suhbatlari tashkil etilib, soʻz olganlar xodimlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini taʼminlash, shaxsiy tarkibni hayotini va sogʻligini asrashda barcha mansabdor shaxslarni masʼuliyatini oshirish, xizmat intizom buzilishi holatlarini oldini olish, avtotransport vositalarini notoʻgʻri boshqarish oqibatida sodir boʻlayotgan yoʻl transport hodisalari, firibgarlik va tamagirlik qilmaslik, tavakkalchilikka asoslangan onlayn qimor oʻyinlariga yoʻl qoʻymaslik va unining salbiy oqibatlari oldini olish zarurligini alohida taʼkidlab oʻtmoqda.