Yangiliklar

3 Oktyabr 2025

"Xavfsiz hudud – dolzarb 20 kunligi" keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida Surxondaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahridagi "Yashil dunyo" dehqon (oziq-ovqat) bozori hamda uning atrofidagi koʻp qavatli uylarda targʻibot ishlari olib borildi.

Bunda fuqarolarga jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda Qoʻriqlash xizmati imkoniyatlari haqida tushunchalar berildi. Jumladan, obyekt va xonadonlarni qoʻriqlovga olish, oʻrnatilayotgan signalizatsiya vositalarining ishlash tartiblari amaliy koʻrsatib berildi. Mol-mulk xavfsizligi, aholi xotirjamligini taʼminlashda sohaning qulayliklaridan samarali foydalanish tavsiya etildi.

Sariosiyo tumanidagi Mirzo Ulugʻbek mahallasi qizil toifadagi mahallalardan biri. Hududda kriminogen vaziyatni yaxshilash, mahallani "qizil" toifadan chiqarish, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik borasida Surxondaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan profilaktik ishlar davom ettirilmoqda. Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati, tuman IIB masʼullari hamda "mahalla yettiligi" hamkorligida hududda kelib chiqayotgan jinoyatlar tahlil qilinib, fuqarolar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Aholi vakillarining fikr-mulohazalari va takliflari asosida koʻp qavatli uylarga, koʻchalarga kuzatuv kameralari, tashvish tugmalarini oʻrnatish ishlarini jadallashtirish, hududda nazorat reyd tadbirlarini olib borish boʻyicha choralar belgilab olindi. Mahallada profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan suhbat qilindi.