Yangiliklar

17 Fevral 2026

Mahallalarni xavfsiz va jinoyatchilikdan holi maskanlarga aylantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi osoyishtaligini taʼminlash hamda profilaktik choralarni kuchaytirish maqsadida hududlarda targʻibot-tashviqot ishlari izchil olib borilmoqda

Jumladan, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikdagi profilaktik-targʻibot tadbirlari tashkil etilib, mutaxassislar tomonidan aholiga jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda zamonaviy texnik vositalari, videokuzatuv kameralarining natijadorligi, Qoʻriqlash xizmati turlari hamda tezkor harakatlanuvchi guruhlarning imkoniyatlari haqida soʻz yuritilib, taklif etilayotgan “Aqlli uy” loyihasi xususida maʼlumotlar berib borilmoqda.

Shu bilan birga koʻp qavatli uylarning kirish qismlariga tashvish tugmalari oʻrnatilib, koʻcha va yoʻlaklar kuzatuv kameralari bilan bosqichma-bosqich jihozlanmoqda. Shuningdek, mahallalar va unga tutash hududlardagi obyektlar, bozorlar va savdo markazlarida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida qoʻriqlashning texnik vositalari bilan jihozlanib, bu orqali hududni onlayn rejimda nazorat qilish imkoniyati yaratildi va kechayu-kunduz xavfsizligi taʼminlandi.