Mahallalarda targʻibot tadbirlari olib borilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Qarorining ijrosini taʼminlash borasida respublikamizning barcha hududlarida manzilli ishlarni olib borilmoqda.
Xususan, kuni kecha Milliy gvardiya Sirdaryo, Fargʻona va Surxondaryo viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalari masʼul xodimlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklari hamda aholi xonadonlarini xavfsizligini taʼminlash, mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish maqsadida targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbirlar davomida mahalla faollari bilan uchrashib, Qoʻriqlash patrullik xizmatidan foydalanish, zamonaviy videokuzatuv tizimlarini oʻrnatish, masofaviy qoʻriqlash xizmatlaridan foydalanish, signalizatsiya tizimlarini joriy etish orqali nafaqat jinoyatchilikning oldini olish, balki mulk muhofazasini kuchaytirish mumkinligi taʼkidlandi. Tadbirkorlarga qoʻriqlash xizmatlari orqali ularning savdo va ishlab chiqarish obyektlarini yuqori darajada muhofaza qilish boʻyicha aniq tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, masʼullar oʻtgan davr mobaynida hududlarda sodir etilgan oʻgʻirlik jinoyati bilan bogʻliq holatlar haqida toʻxtalib, oldini olish choralarini koʻrish, hushyorlikni oshirishda "Qoʻriqlash" xizmatining mavjud imkoniyatlaridan foydalanish xavfsizlik va xotirjamlikning kafolati ekanligi tushuntirildi.
Targʻibotlar davomida qoʻriqlash xizmatidan foydalanish istagini bildirgan fuqarolardan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, qoʻriqlovga olish choralari koʻrildi. Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi doirasidagi targʻibotlar mahallalar kesimida davom etmoqda.