Yangiliklar

12 Sentyabr 2024

Yakkasaroy va Sergeli tumanlar hokimiyatlarida jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda mahalla faollari hamkorligida targʻibot tadbirlari tashkil etildi

Unda Toshkent shahar Prokurori, Harbiy prokuratura, tumanlar hokimligi, Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda tuman IIO FMB masʼullari va mahalla faollari ishtirok etishdi. Kun tartibidagi asosiy masala jinoyatchilikka qarshi kurashish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4060 sonli “Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qoʻriqlanishini taʼminlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosiga qaratildi.

Yigʻilishda soʻz olganlar jinoyat jinoyat uchun javobgarlik va ularni oldini olish hamda huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash choralarini koʻrish masalalari hamda tumanlardagi har bir mahallalarda sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan tadbirlarda mahalla raislari va mahalla faollari ishtirok etib borishlari va olib borilayotgan targʻibot boʻyicha mahallada istiqomat qiluvchi va tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi fuqarolar bilan suhbatlarda faol qatnashishlari tushuntirib oʻtildi. Shundan soʻng Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan jinoyatchilikni oldini olishda zamonaviy qoʻriqlash texnologiyalari bilan inshoot va fuqarolar xonadonlarini jihozlash va texnik qoʻriqlovga olish orqali fuqarolarning mol-mulklarini jinoiy tajovuzdan himoya qilish jarayonlari bilan tanishtirildi.