Xorazm viloyatida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va OITS/OIV kabi yuqumli kasalliklardan saqlanish masalalariga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi
Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, OITS va OIV infeksiyalaridan saqlanish boʻyicha profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi boshligʻi oʻrinbosari, oliy toifali shifokor O.Ochilov ishtirok etib, bugungi kunda jamiyatda sogʻlom hayot tarzini shakllantirish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va aholi oʻrtasida tibbiy madaniyatni oshirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida batafsil axborot berdi.
Davra suhbati doirasida soha xodimlariga OITS/OIV kabi xavfli infeksiyalar haqida amaliy tavsiyalar taqdim etildi hamda mazkur kasallikka chalingan shaxslarning hayot yoʻliga bagʻishlangan taʼsirli videoroliklar namoyish etildi. Bu esa tadbir ishtirokchilarining ushbu muammoga nisbatan ongli munosabatini shakllantirishga xizmat qildi.
Ushbu tadbir soha xodimlari oʻrtasida tibbiy bilim va profilaktik koʻnikmalarni mustahkamlash, shuningdek, sogʻlom turmush tarziga amal qilish madaniyatini yanada keng targʻib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.