Yangiliklar

21 Sentyabr 2024

Buxoro shahrida sportning kurash turi boʻyicha Milliy gvardiya birinchiligi musobaqasi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 17-19 sentabr kunlari Oʻzbekiston Kurash federatsiyasi bilan hamkorlikda Buxoro tumani “Madaniyat” sport majmuasida kurash boʻyicha Milliy gvardiya birinchiligi musobaqasi koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

Musobaqada Milliy gvardiya tizimlarida faoliyat yuritib kelayotgan 200 yaqin harbiy xizmatchi va xodimlardan tashkil topgan jami 19 ta jamoalar 7 ta vazn (60 kg, 66 kg, 73 kg, 81 kg, 90 kg, 100 kg, +100 kg) toifalarida gʻoliblik uchun kuch sinashdi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuvlarda har bir ishtirokchi mardonavor kurashib, oʻz jamoasi sharafini munosib himoya qildi.

Musobaqa yakuniga koʻra 3 oʻrinni Milliy gvardiyaning 65921 harbiy qismi sportchilari qoʻlga kiritgan boʻlsa, 2 oʻrin Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasiga nasib etdi. Faxrli 1 oʻrinni Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi sportchilari egalladi.

Musobaqa gʻoliblarini munosib ragʻbatlantirishga bagʻishlangan tantanali tadbirda Sport vaziri oʻrinbosari SH.Maxmudov ishtirok etib, barcha sportchi va ularning murabbiylariga, shuningdek, muxlislik qilayotgan yosh sport ixlosmandlariga oʻzining samimiy tilaklarini bildirdi. Tashkilotchilar tomonidan gʻolib va sovrindorlarga medallar, diplomlar hamda musobaqa kubogi tantanali ravishda topshirildi.