Qoʻriqlash Departamentida sohaviy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi
Jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini ishonchli qoʻriqlovni tashkil etish, joriy etilayotgan mahalliy texnik vositalar orqali koʻrsatilayotgan xizmat turlarini yangi bosqichga olib chiqish, faoliyatni raqamlashtirish va sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish, tezkor harakatlanuvchi guruhlar faoliyati samaradorligini oshirish va texnik qoʻriqlov koʻlamini kengaytirish masalalariga bagʻishlangan Qoʻriqlash Departamentining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Qoʻriqlash Departamenti rahbariyati, hududiy boʻlinmalar rahbarlarining axborot kommunikatsiya va qoʻriqlash texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha oʻrinbosarlar va yoʻnalishlar boʻyicha boshqaruv apparatining boshqarma va mustaqil boʻlimlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv boshida Qoʻriqlash departamenti rahbariyati tomonidan mazkur soha boʻyicha erishilgan yutuqlar va rahbarlarning samaradorlik koʻrsatgichlari (KPI) muhokama qilindi. Shuningdek, boshqaruv apparatining ishchi guruhi tomonidan tezkor harakatlanuvchi guruhlarning faoliyati oʻrganilgandagi kamchiliklar va asosiy muammoli masalalar aniq misollar bilan koʻrsatildi va ularni bartaraf etish borasidagi yoʻnalishlar koʻrsatib oʻtildi.
Bundan tashqari jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qoʻriqlash sohasida yangi avlod qoʻriqlash texnologiyalarini joriy etish, sohani 100 foizga raqamlashtirish va texnik qoʻriqlov koʻlamini kengaytirish yoʻnalishlarida topshiriqlar berildi. Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash boʻyicha oʻtgan davrdagi amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi maqsadli va ilmiy asoslarga yondashgan rejalar belgilab berildi.