1 oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Qoʻriqlash Departamenti tizimlarida samarali xizmat qilib, hozirda nafaqa gashtini surayotgan, oʻtgan davr mobaynida Qoʻriqlash boʻlinmalari rivojiga munosib hissa qoʻshgan hamda yosh xodimlarga xizmat sir-asrorlarini begʻaraz oʻrgatib kelayotgan faxriylarning holidan xabar olinib, ularga rahbariyatning ezgu tilaklari va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Samimiy uchrashuvlar chogʻida hududiy Qoʻriqlash boshqarmalari rahbarlar va mutasaddilari faxriylarga xizmatning shakllanishi va rivojlanishiga qoʻshgan beqiyos hissasi uchun samimiy minnatdorchilik bildirib, kadrlar tayyorlashning zamonaviy tizimida murabbiylikning ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratildi.
Suhbatlar chogʻida faxriylar xizmat xotiralari bilan oʻrtoqlashdi, kasb sir-asrorlari haqida soʻzlab berib, xodimlarga qimmatli maslahatlar berdi. Ularning boy hayotiy tajribasi va donishmandligi posbonlarining oʻsib kelayotgan avlodi uchun chinakam ibrat maktabiga aylandi.
Tadbirlar soʻngida sihat-salomatlik, farovonlik va murabbiylik faoliyatida yangi yutuqlar tilab, iliq istaklar bildirildi. Faxriylar bilan aloqani davom ettirishga va ularning jamoa hayotida faol ishtirok etishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga tayyorligi tasdiqlandi.