Qoʻriqlash Departamentida 25 oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami munosabati bilan tizimda bir necha yillar samarali va fidokorona xizmat qilgan, hozirda nafaqa gashtini surayotgan bir guruh faxriylar eʼtirof etildi.

Mazkur tadbirda Qoʻriqlash Departamenti rahbariyati va shaxsiy tarkibi, Faxriylar kengashi hamda tizimda uzoq yillar samarali xizmat qilib, bugungi kunda isteʼfodagi ofitserlar ishtirok etishdi. Tadbir mehmonlari tomonidan vatanparvarlik va Vatanni sevish, kasbiga sadoqat, gʻurur, fidoyilik va shukronalik tuygʻulari xususida maʼlumotlar berilib, xodimlar bilan boy hayotiy tajribalar bilan oʻrtoqlashildi.
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar hamda ularning issiq izidan fosh etish borasida olib borilayotgan ishlar, hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qaratilayotgan ishlar borasida misollar keltirdilar. Tadbir yakunida Qoʻriqlash Departamenti rahbariyati tomonidan Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan faxriylarga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi, Qurolli Kuchlar yubiley Qoʻmitasining “Ustoz va murabbiyga” yubiley nishoni hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.