Xodimlarning yoʻl harakati qoidalari borasidagi bilim va koʻnikmalar mustahkamlanmoqda
Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, yoʻl harakati qoidalariga rioya etish, haydovchilar bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish, yoʻlda harakatlanish madaniyatini yuksaltirish masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Boʻlib oʻtgan tadbirda viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati va IIB JXX YHXB masʼullari tomonidan haydovchi va piyodalarning yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish muhimligi, har qanday qoidabuzarlik uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi. Avtotransport vositasini boshqarganda tezlikni oshirmaslik, chalgʻimaslik, doimo sergak boʻlish muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi. Barcha shaxsiy tarkib, yangi tahrirdagi yoʻl harakati qoidalarini oʻrganishi lozimligi aytib oʻtildi hamda xodimlarning yoʻl harakati qoidalariga kiritilgan soʻngi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Uchrashuv yakunida masʼullar tomonidan xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarining sozligi, texnik holati ham koʻrikdan oʻtkazildi. Xodimlar yoʻllarda yurgan vaqtlarida harakat ishtirokchilarini hurmat qilishlari, belgilangan qoidalarga amal qilishlari lozimligi yana bir bor eʼtirof etildi.