Tavakkalchilikka moyillik va uni korreksiya qilish treningi
Andijon davlat universiteti va Andijon davlat pedagogika instituti Psixologiya fanlari nomzodlari (PhD) tomonidan Milliy gvardiyaning Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari uchun amaliy trening oʻtkazildi. Ushbu treningning asosiy maqsadi — xodimlarda jamoaviy ruxni shakllantirish va tavakkalchilikka moyillikni kamaytirish.
Treningda xodimlar, xatarlarga toʻgʻri munosabat bilan yondashish, ishonchni oshirish va qarorlar qabul qilishda birgalikda ishlashni oʻrganishdi. Jamoaviy oʻyinlar orqali xodimlar oʻzaro hamkorlikni kuchaytirib, tavakkalchilikni kamaytirishning samarali usullarini amaliyotda qoʻllashga yoʻnaltirilgan.
Har bir xodimning tavakkalchilikka boʻlgan munosabati tahlil qilindi va ularga oʻzgarishlar kiritish uchun psixologiya usullari asosida yoʻl-koʻrsatmalar berildi.