"TINCHLIK, TARAQQIYOT VA FAROVONLIK UCHUN" SHIORI OSTIDA FЕSTIVAL TASHKIL ETILDI
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, hamda milliy armiyamizga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi va tuman xokimligi, viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi, Jizzax gornizoni va chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlar bilan hamkorlikda "Tinchlik, taraqqiyot va farovonlik uchun" shiori ostida vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.
Festivalda yoshlar o‘rtasida qurolni qismlarga yoyish va yig‘ish, tosh ko‘tarish, kamondan otish musobaqalari o‘tkazilib g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Festivalning asosiy qismi harbiy qurol aslahalar ko‘rgazmasi, faxriy qorovulning saf ko‘rgazmali chiqishlari, qo‘l jangi, xizmat itlari bilan tayyorlangan ko‘rgazmali chiqishlari va sport texnikalari yoshlarimizning qalbida milliy armiyamiz bilan faxrlanish kabi hislarini uyg‘otgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.