RUHIY BARQARORLIKNI MUSTAHKAMLASH MAQSADIDA TIZIMLI ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA
Surxondaryo viloyati “Qo‘riqlash” boshqarmasining psixolog mutaxassislari tomonidan doimiy ravishda shaxsiy tarkib bilan psixologik trening mashg‘ulotlari olib borilib, bunda xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom, ma’naviy-ruhiy muhitni kamol toptirish, xizmat faoliyati davomida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Kuni kecha Termiz tumanida joylashgan “Marvarid” dam olish maskanida Termiz tumani “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari ishtirokida navbatdagi ana shunday uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqotda xodimlarga axloqiy-ruhiy tayyorgarlik darajasini oshirish, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, shuningdek, hissiy zo‘riqish, stress va tushkunlik holatlarining oldini olish, favqulodda hamda ekstremal vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatlarini shakllantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Salbiy holatlarni oldini olish, jamoada ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, muammoli vaziyatni anglash, bartaraf etish yo‘lini topish, harakatlarga to‘g‘ri baho berish kabi muhim ma’lumotlar berildi.
Doimiy charchoq, ishonchsizlik, tushkunlik kabi salbiy holatlarni yengish, xotirani mustahkamlash, jamoada sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish yuzasidan turli amaliy psixologik trening mashg‘ulotlari olib borilib, xodimlarning xizmatga bo‘lgan ishtiyoqi oshirildi. Mashg‘ulotlarda har bir ishtirokchi o‘z xarakterlarini tahlil qilib, kelgusi faoliyatda zarur bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilab oldilar.
Shuningdek, har bir xodim bilan individual chuqurlashtirilgan psixodiagnostik suhbatlar o‘tkazildi. Aytish kerakki, bu kabi uchrashuvlar jamoadagi muhitni yaxshilash, xodimlar orasida hamjihatlik va do‘stlikni mustahkamlash, ishchanlik qobiliyatini oshirishga xizmat qilmoqda.