MAHALLA YOSHLARI OʻRTASIDA SPORT MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI
Jarqoʻrgʻonda sportning 6 ta turi boʻyicha yoshlar oʻrtasida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi kubogi uchun musobaqalar boʻlib oʻtdi. Tadbirda Milliy gvardiya viloyat boʻyicha boshqarmasi boshligʻi hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati ishtirok etib, sport bellashuvlariga start berdi.
Koʻtarinki ruhda oʻtgan sport oʻyinlari Jarqoʻrgʻon tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda sport boʻlimlari hamkorligida oʻtkazildi.
Unda 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan 700 nafarga yaqin mahalla yoshlari sportning erkin va ayollar kurashi, voleybol, stol tennis, armrestling, shaxmat-shashka hamda vorkaut turlari boʻyicha oʻzlarini sinab koʻrdilar.
Qizgʻin va murosasiz kechgan musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan barcha oʻgʻil-qizlar Milliy gvardiya rahbariyati tomonidan diplom, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.