Yangiliklar

17 Oktyabr 2025

Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi maʼmuriy binosida maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi

Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi maʼmuriy binosida “Yuzaga kelgan texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda obyekt rahbariyati, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini va shahar FVDqT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik oʻquv mashqi boʻlib oʻtdi.

Oʻquv mashqi fuqaro muhofazasi tuzilmalarini shay holatga keltirish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish shtabi faoliyatini tashkil etish, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlar zonasiga olib kirish va ularning boshqaruvini tashkil etish masalalarini shaxsiy tarkib bilan amaliy bajarishni oʻrganish maqsadida oʻtkazildi.

Shartli ravishda sodir boʻlgan zilzila natijasida xodimlar jarohatlandi va elektr energiyada uzilish sodir boʻldi. Qutqaruv, tibbiy yordam koʻrsatish zveno sardorlari, favqulodda vaziyatlarda shikastlangan xodimlarni xavfsiz joyga olib chiqib ularga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam koʻrsatildi, davolash maskaniga joʻnatildi hamda elektr taʼminoti ishga tushirildi.

Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida avariya tiklash ishlari favqulodda vaziyatlar sodir boʻlgan joylardan suv namunalarini va havoning tarkibni aniqlash hamda sanitar ishlov berish tadbirlari amalda tashkil etildi.