Xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash – diqqat markazida
Bugungi kunda inson kapitali, ayniqsa, mehnat jamoalarini tashkil etuvchi xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini taʼminlash, ularga munosib sharoit yaratish, nafaqat ish joyida, balki shaxsiy hayotidagi muammolarini hal etishda koʻmaklashish muhim vazifalardan biriga aylangan.
Shu maqsadda Qoʻriqlash Departamentining hududiy boʻlinmalarida faoliyat olib borayotgan xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, mavjud muammolarini oʻrganish va yechim topish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, har bir xodimning yashash sharoiti, sogʻligi, oilaviy ahvoli, farzandlarining taʼlim olish holati va boshqa omillar boʻyicha muntazam monitoring olib borilmoqda.
Aniqlangan muammolarga qarab, tegishli yordam choralari koʻrilmoqda. Jumladan, moddiy qoʻllab-quvvatlash, tibbiy yordam koʻrsatish, bolalar uchun taʼlim va dam olish tadbirlarini tashkil qilish, psixologik maslahatlar berish kabi ishlarni qamrab olgan maxsus dasturlar amaliyotga joriy qilingan.
Bundan tashqari, masʼullar tomonidan tizimda fidokorona mehnat qilib, oʻz xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolarining holidan xabar olinib, Vatanimiz tinchligi va farovonligi yoʻlida xizmat qilgan xodimlarning farzandlariga, ota-onalariga juda katta minnatdorchilik bildirilmoqda.
Shu bilan birga yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan tizimda xizmat qilayotgan va xizmat burchini bajarish chogʻida vafot etgan bir guruh xodimlarning farzandlariga maktab oʻquv qurollari topshirildi.