Xodimlar Surxon tarixiga oid maʼlumotlarga ega boʻldilar
Surxondaryo viloyatida Milliy gvardiya xodimlari uchun turli madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda. Jumladan, kuni kecha tadbirlar doirasida Termiz shahar "Qoʻriqlash" boʻlimi xodimlari “Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasiga tashrif buyurib, u yerdagi noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Aytish kerakki, mazkur muzey hudud etnomadaniy anʼanalari, arxeologiya boyliklari va madaniyati haqida koʻplab maʼlumotlar beruvchi, yoshlarimizni tariximizga, milliy urf-odatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelayotgan maskandir. Sayohatga kelgan xodimlarga muzey mutaxassislari tomonidan Surxon vohasining tarixi, asrlar davomida saqlanib qolgan qadriyatlari xususida atroflicha maʼlumotlar berildi.
Tashkil etilgan tadbirda xodimlar milliy tariximizga oid bilim va tushunchalarga ega boʻldilar.
Bundan tashqari, Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari uchun ham viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida mustaqilligimizning qoʻlga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati haqida soʻz yuritib, tarixda yurtimizga uyushtirilgan bosqinlar davri haqida soʻzlab, mustaqilligimizning qoʻlga kiritilishi haqida gapirib oʻtildi.