Qoʻriqlash xizmati xodimlari Is’hoqxon Toʻra Ibrat hamda Qatagʻon qurbonlari muzeylariga tashrif buyurishdi
Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan uchun Toʻraqoʻrgʻon tumanida joylashgan Isxoqxon Toʻra Ibrat muzeyi hamda Qatagʻon qurbonlari muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Mazkur muzeylar yurtimiz tarixi, adabiyoti va maʼnaviy merosini oʻrganishda muhim manbalardan hisoblanadi. Isxoqxon Toʻra Ibrat muzeyida yurtimiz maʼrifatparvar olimi va jamoat arbobi Isxoqxon Toʻra Ibratning hayoti, faoliyati hamda qoldirgan ilmiy va maʼnaviy merosi haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, muzey ekspozitsiyasidagi tarixiy hujjatlar, asarlar va shaxsiy buyumlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Shu bilan birga, Qatagʻon qurbonlari muzeyida totalitar tuzum yillarida nohaq qatagʻon qilingan yurtdoshlarimiz xotirasiga bagʻishlangan eksponatlar va tarixiy maʼlumotlar namoyish etildi. Sayohat davomida xodimlarga mazkur davr voqealarining saboqli jihatlari, milliy istiqlol va inson huquqlarining qadri toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.